Nyu-York shahrida istiqomat qiliuvchi erkak hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi uchun sudlanadi. Amerikalik ikki yil davomida itining yungini olmagan va yetti yil uni sayrga ham olib chiqmagan.
Hayvonlar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadigan faollar Pyer laqabli pudel itini birinchi marta ko‘rganlarida jonivor og‘irligi to‘rt kilogrammdan ortiq bo‘lgan yung bilan qoplangandi. Ortiqcha yunglar itning ko‘zlarini to‘sib qo‘ygandi va unga erkin nafas olishga xalaqit berayotgandi.
Mutaxassislarning fikricha, bu hayvonlarga bo‘lgan munosabat bo‘yicha ular ko‘rgan eng yomon holat. Faollar shikoyat qilishganidan so‘ng uchta veterinar Pyerning yunglarini qisqartirishdi. Buning uchun ularga ikki soat vaqt kerak bo‘ldi.
Itni xotirjam qilish uchun unga tinchlantiruvchi vosita berildi. Jarayondan keyin u juda xavotirda edi va bir kun davomida hech narsa yemadi.
Itning egasi, The Washington Post nashrining yozishicha, Brayan Edvards ismli odam. U 30-avgust kuni Nyu-Jersi shtatining Paterson shahridagi sudlanadi. Brayan Edvards hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi uchun katta miqdorda jarima to‘lashi kutilmoqda.
Izoh (0)