Malayziyada kichik Beechcraft 390 samolyoti shossega qulab, avtomobil va mototsikl bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Hodisa g‘arbiy Selangor shtatida, Shoh Alam shahri yaqinida sodir bo‘lgan.
Samolyot Langkavi kurort orolidan halokat joyidan o‘n kilometr uzoqlikda joylashgan Subang aeroportiga mahalliy reysni amalga oshirayotgan edi. Samolyotning ikki uchuvchisi va olti yo‘lovchisi, shuningdek, avtomobil va mototsikl haydovchilari halok bo‘lgan. To‘qnashuvdan keyin katta yong‘in yuzaga kelgan.
“Voqea joyida favqulodda xizmatlar va politsiya xodimlari ishlamoqda, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)