Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In taktik raketa ishlab chiqarish zavodini ko‘zdan kechirib, urushga tayyorlanish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Kim Chen In “katta harbiy kuch”ni ta’minlash va urushga tayyor turish uchun raketalar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni buyurdi va buni muhim deb atadi.
“Urushga tayyorgarlikning sifat darajasi harbiy sanoatning rivojlanishiga bog‘liq, armiyamizni urushga tayyorlashni jadallashtirish uchun zavod zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklanadi”, — dedi KXDR yetakchisi.
U yangi zirhli jangovar mashinada sayr qilib, “katta kalibrli raketa tizimlari uchun ishlab chiqarish liniyalarini modernizatsiya qilishdagi muvaffaqiyat”ni yuqori baholadi.
“Bizning armiyamiz yuqori harbiy kuchni va har qanday vaqtda urushga qatʼiy tayyorligini to‘liq taʼminlashi kerak, toki dushman kuch ishlatishga jurʼat eta olmasin va aks holda yo‘q qilinadi”, — dedi Kim Chen In.
Izoh (0)