Norvegiyaning Kongsberg Gruppen xalqaro texnologik guruhi Ukrainaga 740 million Norvegiya kroni (70,8 million dollar) qiymatidagi dronlarga qarshi tizimni yetkazib beradi. Bu haqda Norvegiya hukumati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu tizimni yetkazib berish Ukrainani qo‘llab-quvvatlash xalqaro jamg‘armasi (IFU) orqali amalga oshiriladi. Mazkur fondning asosiy hissadori Norvegiya hisoblanadi.
4-avgust kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush boshlanganidan beri Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga kamida 1 961 ta Shahed tipidagi dronlarni uchirganini ma’lum qilgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik harbiylar kamikadze dronlarining “asosiy qismini” urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)