Botir Ahmedov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2023/05/Fozilbek/photo_2023-08-08_09-21-56.jpg)
Botir Ahmedov 1982-yil 12-iyunda Vobkent tumanida tug‘ilgan. 2004-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2007-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (magistratura)ni tugatgan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi-xalqaro iqtisodiy munosabatlar, biznesni boshqarish.
Ayni vaqtga qadar u Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyihalar ofisi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Kuni kecha prezidentning tegishli qarori bilan iqtisodiyot va moliya vazirligida ayrim rahbar xodimlar lavozimga tayinlandi va ayrimlari lavozimidan ozod etildi.
- Xususan, Jasur Qarshiboyev iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari,
- Murodbek Atadjanov vazirlik huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
- Shuningdek, “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Shuhrat Mirzayev Bekobod tumani,
- Alisher Halilov Qo‘rg‘ontepa tumani hokimlari etib,
- Dilshod Sultanov Yangiyo‘l shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.