Polsha chegara orqali Ukrainadan g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar hisob-kitobini Yevropa komissiyasiga taqdim etdi.
Zarur bo‘lgan umumiy sarmoya miqdori 1 milliard yevroni tashkil etadi, dedi Polshaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Anjey Sadosh PAP agentligiga bergan intervyusida.
“Bir yarim yil davomida biz Ukraina g‘allasining uchinchi mamlakatlarga, ayniqsa Afrikaga tranzitini oshirmoqchimiz. Biroq bu investitsiyalarni talab qiladi va biz komissiyaga infratuzilma imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha aniq hisob-kitoblarimizni yubordik”, — dedi Anjey Sadosh.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Dorogusk-Yagodzin, Grebenne-Rava Ruska, Korchova-Krakovyets nazorat-o‘tkazish punktlarida og‘ir avtomashinalar uchun chegara terminallarini kengaytirish, shuningdek, Peremishl shahrida (Polsha-Ukraina chegarasida joylashgan) temiryo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun 500 million yevro zarur.
Mablag‘ning ikkinchi qismi Polsha va Ukraina o‘rtasidagi temiryo‘llarning chegaradan o‘tish joylarini modernizatsiya qilish, yuk mashinalari uchun terminallar qurish va chegarada yuk tashishni boshqarish infratuzilmasini yaratishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)