Ukrainaning Varshavadagi elchisi Vasiliy Zvarich Polsha Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Vazirlik bunga “Ukraina rasmiy vakillarining bayonotlari” sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.
Avvalroq Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Polsha elchisi Bartosh Sixotskini Polsha prezidenti vakili Markin Pshidachning bayonotlari munosabati bilan chaqirtirgandi.
Elchiga Pshidachning Ukraina tomonining noshukurligi haqidagi bayonotlari “haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va nomaqbul ekani” aytilgan.
31-iyul kuni Markin Pshidach TVP telekanalida Ukraina “so‘nggi oylar va yillarda Polshaning Ukraina uchun amalga oshirgan ishlarini qadrlashi kerakligini” aytdi. Bu haqda u Polsha—Ukraina munosabatlaridagi murakkabliklar haqidagi savolga bergan javobida ta’kidlagan.
Izoh (0)