Kosta-Rikaning “Deportivo Rio Kanyas” havaskorlar jamoasi futbolchisi Xesus Alberto Lopes Ortesni timsoh yeb qo‘ydi.
The Sun nashrining xabariga ko‘ra, fojia 29-iyul kuni sodir bo‘lgan. Lopes Ortes Kanyas ko‘lida suzib yurgan vaqtga timsoh unga hujum qilgan. Marhumning tanasini suvdan olib chiqish uchun politsiya timsohni otib o‘ldirishga majbur bo‘lgan.
29 yoshli futbolchining ikki nafar farzand yetim qolgan.
“Bu barcha uchun og‘ir kun. Seni murabbiy, futbolchi va eng yaxshi ota sifatida xotirlaymiz. Doimo qalbimizda bo‘lasan”, — deya bayonot berdi “Deportivo Rio Kanyas” klubi.
Izoh (0)