Agent Jorje Mendesh mijozi Joau Kanselu “Barselona”ga o‘tish uchun maoshi qisqarishiga ham rozi bo‘lganini ma’lum qildi.
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, agent kataloniyaliklar bilan aloqaga chiqqan va “Manchester Siti” himoyachisi ispan klubiga o‘tish uchun maoshi qisqarishiga ham roziligini aytgan.
Xavi ham rahbariyatdan portugaliyalik futbolchini olib kelishni so‘ramoqda.
Joau Kanselu 2022/23-yilgi mavsumning yarmini “Bavariya”da ijara asosida o‘tkazgan va Bundesligada 15 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.
Izoh (0)