Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor ishdan olindi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 12-umumta’lim maktabi rahbari o‘qituvchilarni ta’til vaqtida majburiy mehnatga jalb qilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan murojaat maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganilgan.
O‘qituvchilar bilan tashkil etilgan suhbat jarayonlarida ayrim o‘qituvchilar o‘z tashabbuslariga ko‘ra, maktab ta’mirida ishtirok etgani, ayrimlari maktab direktori tomonidan mehnatga jalb etilganini bayon qilgan.
O‘rganishlar davomida maktabda boshqa kamchiliklar ham aniqlangan. Ushbu holatlarni inobatga olib, maktab direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Izoh (0)