VisaGuideWorld kompaniyasi 2023-yilda Yevropaning eng yaxshi poytaxt shahrini tanlash uchun mingdan ortiq sayyohlar orasida so‘rov o‘tkazdi. Eng ko‘p ovozni Niderlandiya poytaxti Amsterdam oldi, deb xabar bermoqda 34Travel.
Pandemiyadan keyin sayyohlar diqqatga sazovor joylarga emas, balki mahalliy aholi xavfsizligi va mehmondo‘stligiga ko‘proq e’tibor qaratishni boshlagan. Niderlandiya poytaxti ushbu xususiyatlarning barchasi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
Niderlandiyadagi 90 foiz odam ingliz tilida mukammal gaplashadi. Mehmondo‘stlik bo‘yicha esa ular ispanlar va italiyaliklardan keyingi o‘rinda turadi. Bundan tashqari, Amsterdamga tashrif buyurish Yevropaning boshqa poytaxtlariga qaraganda ancha kamxarj bo‘lishi mumkin: o‘rtacha 280-300 yevro bir haftaga yetishi aytiladi.
Yevropaning eng yaxshi o‘nta poytaxt shaharlari qatoriga quyidagilar kiradi:
- Rim (Italiya);
- Zagreb (Xorvatiya);
- London (Buyuk Britaniya);
- Lissabon (Portugaliya);
- Madrid (Ispaniya);
- Praga (Chexiya);
- Parij (Fransiya);
- Berlin (Germaniya);
- Vena (Avstriya).
Avvalroq 2023-yilda tashrif uchun eng xavfli davlatlar ro‘yxati e’lon qilingandi. Unda Afg‘oniston birinchi, Suriya, Ukraina, Mali va Iroq qolgan o‘rinlarni egallagan.
Izoh (0)