Moskvada noma’lum shaxslar Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli, qiymati 5 million rubldan ortiq bo‘lgan bir kilometrdan ortiq kabelni kesib, o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Baza xabar berdi.
Kabel yo‘qligini vazirlik xodimi “Voentelekom” vakili bilan birgalikda poytaxt sharqidagi telekommunikatsiya obyektini nosozlikdan keyin tekshirishga qaror qilganida payqagan.
Baza ma’lumotlariga ko‘ra, o‘g‘irlangan kabelning bir metri narxi 5000 rublgacha yetishi mumkin, shu munosabat bilan Mudofaa vazirligining moddiy zarari 5 million rubldan ortiqqa (taxminan 55 ming dollardan yuqori) baholangan. Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.
Izoh (0)