Kongoda harbiy ota o‘g‘lining dafn marosimiga kelgan odamlarni otib tashladi. O‘qqa tutilganlar orasida 10 nafar bola ham bor. Bu haqda L’interview.cd xabar berdi.
Hodisa 22-iyul Ituri provinsiyasidagi Chomiya qishlog‘ida sodir etilgan. Erkakning maqsadi noma’lumligicha qolmoqda, guvohlarning ta’kidlashicha, ota yo‘qligida vafot etgan o‘g‘lining o‘limi uchun qasos olgan. Bola necha yoshda ekani aniqlanmagan.
Otishmadan so‘ng erkak qochib ketgan, qidiruv guruhlari uni izlamoqda. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan, jinoyat sabablari esa noma’lum.
Qishloq rahbari Oskar Baraka Muguvaning aytishicha, otishmada 13 kishi, jumladan, o‘n nafar bola halok bo‘lgan. Harbiyning qurolsiz odamlarni o‘qqa tutishiga nima sabab bo‘lgani aniq emas. Muguvaning so‘zlariga ko‘ra, ota farzandi usiz dafn etilishi mumkinligidan xavotirlangan.
Izoh (0)