Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 6 gektarga yaqin maydon yonib ketdi, deb xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in “Ulug‘bek” shaharchasida, Fanlar akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi institutiga tegishli yashil belbog‘ hududida sodir bo‘lgan.
Ayni damda vazirlik tomonidan tezkor ishchi guruh tuzilib, voqea joyida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Yong‘in sababi, oqibatlari va boshqa tafsilotlar aniqlanmoqda.
Izoh (0)