Toshkent viloyati Piskent tumanidagi o‘rmonzorlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Ekologiya vazirligi axborot xizmati holat yuzasidan ma‘lumot berdi.
![](/static/Risolat/adr.png)
Unga ko‘ra, ayni damda yong‘in Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘chirildi. Yong‘in sabablari, oqibatlari va boshqa tafsilotlarni aniqlash maqsadida ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
![](/static/Risolat/adre.png)
Holat yuzasidan batafsil ma‘lumot berilishi qayd etildi.
![](/static/Risolat/adc.png)
Izoh (0)