Janubiy Yevropa mamlakatlari jaziramadan aziyat chekmoqda, yaqin kunlarda ayrim hududlarda havo harorati Selsiy bo‘yicha 45 va undan yuqori darajagacha ko‘tarilishi mumkin, deb xabar bermoqda G‘arb OAV.
Ispaniya meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda Pireney yarimorolining janubi-sharqiy hududlarida havo harorati Selsiy bo‘yicha 45 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Hozirda u yerda 35 daraja issiq qayd etilmoqda.
Yarimorolning boshqa hududlarida havo haroratining biroz pasayishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, Fransiya, Gretsiya, Xorvatiya va Turkiyada harorat 40 daraja Selsiydan oshgan yoki yaqin kunlarda oshib ketadi. Italiya issiq ob-havodan eng ko‘p zarar ko‘rmoqda, bu yerda havo harorati 48,8 darajaga yetishi kutilmoqda, bu Yevropa uchun rekorddir, deya xabar berdi BBC.
Ayni paytda Italiyaning 10 ta shahrida, jumladan, Florensiya va Rimda meteorologik xavfning eng yuqori darajasi e’lon qilindi.
Izoh (0)