Toshkent viloyati Piskent tumanida chiqindilarni yoqib yuborgan shaxs jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, huquqbuzarlik Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlandi. Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan holat o‘rganilganida fuqaro N.M. “Mingtepa” MFY hududida yoqilg‘i hisoblanmaydigan qurilish materiallarini yoqib yuborgani aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi.
N. M. 300 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Izoh (0)