Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 7-iyul juma kuni Slovakiyaga tashrif buyurdi. Bu haqda Slovakiya prezidenti matbuot kotibi Martin Strijinetsga asoslanib, TASR axborot agentligi xabar berdi.
“Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy juma kuni Slovakiyaga keldi”, — dedi Strijinets.
Zelenskiy Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputova bilan muzokara olib boradi, shundan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu Ukraina rahbarining 2022-yil 24-fevraldan buyon Slovakiyaga ilk tashrifidir. Zelenskiyning tashrifi munosabati bilan Bratislavada xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Kecha Zelenskiy Bolgariyaga tashrif buyurib, u yerda bolgariyalik hamkasbi Rumen Radev va mamlakat Vazirlar mahkamasi rahbari Nikolay Denkov bilan uchrashuv o‘tkazgandi.
Izoh (0)