“PSJ” prezidenti Nosir al-Helayfi Kilian Mbappe atrofidagi gap-so‘zlarga izoh berdi.
Mening pozitsiyam aniq. Har doim Kilian qolishni xohlasa, uni olib qolamiz, deya takrorlayvermayman. Lekin u yangi shartnoma imzolashi kerak.
Dunyoning eng yaxshi futbolchisini kompensatsiyasiz qo‘yib yubora olmaymiz. Buning iloji yo‘q. Bu fransuz klubi.
Uning o‘zi tekinga ketmasligini aytgan edi. Agar bugun Kilian fikrini o‘zgartirgan bo‘lsa, bu mening aybim bo‘ladi. Uni tekinga qo‘yib yubormaymiz, bu aniq.
U erkin agent sifatida klubni tark etishi mumkinligini eshitib, hayratga tushdim. Mbappe bunday gaplarni gapirmagani aniq. Fransuz klubidan tekinga ketib, zarar yetkazish? Kilian unday yigit emas.
Mbappe o‘n kun, maksimum ikki haftada qaror qabul qilishi lozim. Agar shartnomani uzaytirishni xohlamasa, eshiklar ochiq. Bu nafaqat Kilianga, balki klubning istalgan futbolchisiga tegishli. Klub futbolchidan muhimroq. Hech kim klubdan ustun bo‘lolmaydi, hattoki men ham.
Avvalroq Kilian Mbappe 2024-yilda klubni tark etishini ma’lum qilgandi. Futbolchiga asosiy xaridor “Real” bo‘lib turibdi. Ma’lumot uchun, madridliklar Kilian Mbappe uchun 200+20 million yevro taklif qilgan, biroq parijliklar 250+50 million yevro talab qilgandi. Angliyaning “Liverpul” klubi ham fransiyalik futbolchi uchun kurashga kirishgani xabar qilingandi.
Izoh (0)