Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi 2023/24-yilgi mavsumi taqvimi e’lon qildi.
Italiya chempionatining yangi mavsumi 20-avgust kuni start oladi. Amaldagi chempion “Napoli” ilk turda “Frozinone” maydoniga safar qiladi. “Milan” esa “Bolonya” mehmoni bo‘ladi. Mavsumning yakuni 24-may kuniga mo‘ljallangan.
1-turda quyidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi:
- “Bolonya” – “Milan”
- “Empoli” – “Verona”
- “Frozinone” – “Napoli”
- “Inter” – “Monsa”
- “Roma” – “Salernitana”
- “Sassuolo” – “Atalanta”
- “Torino” – “Kalyari”
- “Jenoa” – “Fiorentina”
- “Udineze” – “Yuventus”
- “Lechche” – “Latsio”
“Milan” va “Inter” o‘rtasidagi Milan derbisi 4 va 33-turlarda bo‘lib o‘tadi. Rim derbisi esa (“Roma” va “Latsio”) 12 va 31-turlarda o‘tkaziladi. “Yuventus” va “Torino” to‘qnashuvi 8 va 32-turlarga mo‘ljallangan.
Izoh (0)