Ispaniyalik mutaxassis Luis Enrike “PSJ” bosh murabbiyiga aylandi.
Parij klubi 53 yoshli murabbiy bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. Enrike “PSJ”da Kristof Galtening o‘rnini egalladi.
Mutaxassisning Parij klubi bilan shartnomasi 2 yilga mo‘ljallangan.
“Yangi tajriba orttirish uchun Parijga kelganimdan xursandman. Yangi insonlar bilan tanishish, bu shaharda yashash, yangi til o‘rganish va “PSJ”ni boshqarish meni juda qiziqtirmoqda”, — deydi Enrike.
Luis Enrike avvalroq “Roma”, “Selta” va “Barselona” bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Shuningdek, Ispaniya terma jamoasini ham boshqargan.
Izoh (0)