Toshkent shahar Sergeli tumanida Lacetti yo‘ldan o‘tayotgan yosh bolani urib yubordi. YHXB holat yuzasidan ma‘lumotlarni taqdim etdi.
Unga ko‘ra, 4-iyul kuni soat 19:30 larda haydovchi 1998-yilda tug‘ilgan S.S. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, Sergeli tumani Mirzo Tursunzoda ko‘chasida, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda — 2011-yilda tug‘ilgan O.S.ni urib yuborgan.
Natijada piyoda O.S. turli tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas‘ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)