O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi rahbariyati tarkibida o‘zgarish yuz berdi.
Shu vaqtga qadar terma jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan mutaxassis Pavel Xan assotsiatsiya raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqida MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Pavel Xan endilikda assotsiatsiyaning sport yo‘nalishida faoliyat yuritadi. Mutaxassis barcha yoshdagi terma jamoalarning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki hamda O‘zbekistonda taekvondoni rivojlantirishda mas’ul hisoblanadi. Xan bir vaqtning o‘zida terma jamoa bosh murabbiyligidagi vazifasini ham davom ettiradi.
Izoh (0)