Ispaniyada politsiyachilar futbol bo‘layotgan vaqtda o‘yinni to‘xtatish huquqiga ega bo‘ladi.
Marca nashrining xabariga ko‘ra, Ispaniya politsiyasiga tribunada irqchilik bilan bog‘liq mojarolar va hushtakbozliklar kelib chiqsa, o‘yinni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilmoqda. Endi ularda o‘yinni vaqtincha yoki butunlayga to‘xtatish huquqi paydo bo‘ladi.
Qayd etilishicha, bunga “Real” vingeri Vinisius Junior bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, La Liganing 35-turidan o‘rin olgan “Velnsiya”ga qarshi bahsda tomoshabinlar braziliyalik futbolchini “ahmoq maymun” deb atadi va unga o‘lim tiladi. “Real” futbolchilari esa bunga chiday olmadi va natijada o‘yin 8 daqiqaga to‘xtab qolgan.
Izoh (0)