AQSHning Ayova shtatida 48 yoshli Toraz Devis o‘z nikoh marosimida vafot etdi. O‘lim sababi sifatida tromb yorilib ketishi aytilmoqda.
Voqea 19-iyun kuni ko‘plab mehmonlar ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan. Ruhoniy kelin-kuyovni er va xotin deb e’lon qilgandan so‘ng, Devis hushdan ketgan. Shifokorlar uning yuragi tromb yorilib ketishi natijasida to‘xtaganini aniqlashdi.
Turmushga chiqishga ulgurmay beva bo‘lib qolgan kelinning qarindoshlari turmush o‘rtog‘ining dafn marosimi uchun pul yig‘ishni boshladi. Ular xayriya orqali kerakli mablag‘ yig‘ishni maqsad qilishgan, deb yozdi New York Post.
Izoh (0)