“Manchester Siti” yarim himoyachisi Ilkay Gundo‘g‘an “Barselona” bilan shartnoma imzoladi.
Germaniyalik futbolchi erkin agent sifatida kataloniyaliklar safiga borib qo‘shildi.
“Ko‘k-anorranglilar” Ilkay bilan 2025-yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Shuningdek, bitimni bir yilga uzaytirish huquqi ham mavjud. Gundo‘g‘anning tovon puli 400 million etib belgilandi.
Gundo‘g‘an 2022/23-yilgi mavsum APLda 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta golga mualliflik qilgan. “Shaharliklar” bilan birga Angliya chempionligi, Angliya Kubogi va Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)