• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Men kinodan butunlay uzilganman” — Alisher Uzoqov “Mendirman Jaloliddin” serialidagi roldan voz kechgach, boshqa filmlarning kastingidan o‘tolmagani haqida gapirdi (foto)

    Aktyor Alisher Uzoqov jurnalist Dilshoda Matjonovaga bergan intervyusida kinodan ketishining sabablari, san’at o‘rnini egallayotgan vaynerlar va uni xasadchilikda ayblayotganlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

    Foto: Instagram / @alisheruzakov_official

    — Men kinodan butunlay uzildim. Buning sabablari juda ko‘p. Oxirgi 10 yilda birorta yaxshi ssenariy qo‘limga tushgani yo‘q. Agar teatrda “Otasining qizi”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni” yoki “Andishali kelinchak” darajasidagi spektakl sahnalashtirilganda, baribir xalq og‘ziga tushgan bo‘lardi. Afsuski, teatr ishlayapti, kinolar suratga olinyapti. Ammo ularning hech biri tomoshabin nazariga tushayotgani yo‘q. “Qilindimi-qilindi” tarzida qolib ketyapti. “O‘zi kinoda suratga tushmayotgani uchun tanqid qilyapti”, degan xayolga borishlarini istamayman. Men yoki falonchi aktyor suratga tushgan taqdirda ham, avvalgidek kinolar bo‘lmaydi. Ya’ni rejissorlarning aktyorgacha bo‘lgan muammolari ko‘p. Eng birinchisi ssenariy bilan bog‘liq bo‘lsa, keyingisi moliyaviy muammolarga borib taqaladi, — deydi aktyor.

    Alisher Uzoqov “Mendirman Jaloliddin”da suratga tushmaganidan achinmasligi va shundan keyin ko‘p filmlarning kastingidan o‘tolmagani haqida aytib o‘tdi.

    Foto: Instagram / @alisheruzakov_official

    — “Mendirman Jaloliddin” serialini suratga olish maydonchasidan nega ketib qolganim haqida ko‘p gapirganman. Chunki rejissor o‘zbek aktyoriga aktyordek munosabatda bo‘lmagan. “Mana bu rol senga va sen serialning hamma qismida ko‘rinasan”, degan. Ammo menga rolning katta-kichikligi emas, o‘sha serialda uning qanchalik ahamiyatli ekanligi muhim edi. U yerda nafaqat o‘zbek aktyoriga, balki millatga nisbatan bo‘lgan munosabat yoqmagani uchun ketganman. Men tabiatan shunday insonman, yoqmadimi, ketaman. Qaytgandan keyin balki noto‘g‘ri xulosa qilgandirman, deb biroz ikkilandim. Ammo ko‘p o‘tmay, qarorim to‘g‘ri ekanligini tushunib yetdim. Undan keyin uchta yaxshi filmga kasting topshirdim. Ulardan biri “Ilhaq” edi. Jahongir Ahmedov bilan avval ham ishlaganmiz, bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Ammo u filmiga olmadi. Uning ham qarorini hurmat qilaman. Undan keyingi kastingidan o‘tolmagan filmlarim esa hali ham ekranga chiqqani yo‘q, — deydi aktyor.

    Alisher Uzoqov “1000 so‘m bering, akajonlar” degan qo‘shig‘i bilan “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi sahnasiga chiqqan bolani keskin tanqid qilgandi. Videomurojaatidan so‘ng ko‘pchilik uni xasadchilikda ayblaganiga o‘z munosabatini bildirdi.

    Foto: Instagram / @alisheruzakov_official

    — Men aynan bolani emas, balki san’at shu darajaga yetib borganini tanqid qilganman. “Kinolarda suratga tushmayapsizmi, shuning uchun xasad qilyapsiz”, deb yozayotganlar balki bilishmas, Toshkentdan Mo‘ynoqqacha borib, iste’dodlarni izladik. Avtobusda uzoq masofaga yurish qanchalik qiyin ekanligini yaxshi bilishadi. Agar kichik yoshdagi bolaning “mashhurligiga” xasadim kelsa, 5 yoshli Shahramning ijodini qo‘llab-quvvatlamagan bo‘lardim. Men iste’dodli yoshlar ko‘paysa, xursand bo‘laman, ammo bu katta sahnada “1000 so‘m bering” deb qo‘shiq kuylash kerak, degani emas. Bu bola bir-ikki oydan keyin “2000 so‘m bering” deb qo‘shiq aytgani bilan avvalgisidek shov-shuv bo‘lmasligi mumkin. Ammo muammoning ildizi boshqa. Ya’ni Rossiyada ham vaynerlar bor, ularning hazil videosi ham ommalashib, ijtimoiy tarmoq yulduzi bo‘lishi mumkin. Ammo u yerda vaynerlik bilan birga asl san’at ham bor. Teatr va kino o‘z oyog‘ida harakat qilyapti, oqsoqlanib qolgani yo‘q. Bizda esa kino va teatr yo‘qolib borayotgani uchun vaynerlar hammaning ko‘ziga yomon ko‘rinyapti. Go‘yoki san’atning buzilishiga vaynerlar aybdordek. Men hamkorlik qilayotgan jamoada o‘ndan ortiq vaynerlar bor. Eng qizig‘i, ularning 80 foizi san’at oliygohida o‘qigan va aktyor degan diplomga ega. Ammo ular teatr va kinoda o‘z o‘rnini topolgani yo‘q. Shuning uchun ham vaynerlik qilib yuribdi, — deydi aktyor Alisher Uzoqov.

    26.06.2023, 21:51   Izoh (0)   28573
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    G‘ayrioddiy taqiqlar: Farzandlarini noodatiy usulda tarbiyalaydigan yulduzlar (foto)

    26.06.2023, 19:40

    Konsta ekologik muammolarga bag‘ishlangan “Havo” nomli qo‘shiq va klipini taqdim etdi (video)

    26.06.2023, 18:57

    “Qora niyat” turk seriali yulduzi Eda Eje turmushga chiqdi (foto)

    26.06.2023, 16:40

    Yuqori IQ ga ega, kapalaklardan qo‘rqadi: Gollivud yulduzi Nikol Kidman haqida 15 ta qiziqarli fakt 

    26.06.2023, 12:37

    Mehribon va ko‘ngilchan: mashhur aktyor va yolg‘iz ota Chening Tatum qizi uchun internetdan soch o‘rishni o‘rgandi

    25.06.2023, 19:55

    Hashamatdan yiroq:  Badavlat bo‘lishiga qaramay, oddiy odamlar kabi yashaydigan Gollivud yulduzlari (foto)

    25.06.2023, 13:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.