O‘zbekistonda 2024-yildan yillik tibbiy ko‘riklar doirasida nuroniylarni maqsadli skriningdan o‘tkazish dasturlari joriy etiladi.
Bu haqda 20-iyunda imzolangan “Ma’muriy islohotlar doirasida sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda aholining eng ko‘p murojaatlariga sabab bo‘layotgan kasalliklar va holatlarni inobatga olgan holda, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxati shakllantiriladi.
Avvalroq ushbu qaror bilan Hamshiralar akademiyasi tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi. Nodavlat tibbiyot tashkiloti xodimlari, tibbiy texnikasi, xizmat turlari, tibbiy statistika va boshqa hisobotlar monitoringi yuritiladi. Tibbiy faoliyatni nazorat qilishda “xavfni tahlil qilish” tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh (0)