“O‘zgidromet” direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev o‘z Facebook sahifasida shamol tezligi kuchayishi haqida axborot berdi.
Unga ko‘ra, 18-iyun Toshkent shahrida soat 17:00 dan 21:00 vaqt oralig‘ida konvektiv bulutlarning jadal rivojlanishi bilan shamol tezligi 13-15 metr/sekundgacha kuchayishi ba‘zi joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
“O‘zgidromet poytaxtimiz aholisi va mehmonlaridan extiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raydi”, deyiladi axborotda.
O‘zbekistonga anomal issiq kirib kelmoqda. Nimalar maʼlum?
Ayni kunlarda O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilishda davom etmoqda. Sherzod Hbibullayevning xabar berishicha, 17–19-iyun kunlari respublika hududlari bo‘ylab havo harorati 40-41 darajagacha, janubda 42-45 darajagacha ko‘tariladi.
“19-iyunda shimoliy hududlarga, 20-iyunda respublikaning barcha hududlariga Kavkazdan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi. Havo harorati 4-6 darajaga pasayadi”, — deb yozadi u.
Izoh (0)