Xorazm viloyatining Xonqa tumanida 62 tup daraxt o‘zboshimchalik bilan qo‘porib tashlangani aniqlandi.
Viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan oʼtkazilgan nazorat tadbiri davomida Xonqa tumani hududida “X.T” MChJ ishchi xodimlari tomonidan har xil kattalikdagi (tol, jiyda va terak) jami 62 tup turli daraxtlar tegishli organ ruxsatisiz qoʼporib tashlangani aniqlangan.
Buning oqibatida tabiatga 550 million 110 ming soʼm zarar yetkazilgani yuzasidan toʼplangan hujjatlar qonuniy chora koʼrish uchun viloyat prokuraturasiga taqdim qilingan.
Shuningdek, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi fermer xo‘jaligi hududida 83 tup har xil turdagi daraxtlar qo‘porilgani, 3 tup daraxt o'sishdan to‘xtamaydigan darajada shikastlangani yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbari B.A.ga 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. O‘simlik dunyosiga yetkazilgan 193,8 million so‘m miqdoridagi zarar qoplanishi ham belgilangan.
Izoh (0)