Daryo

O‘zbekiston Chexiyadan yangi samolyot sotib olmoqda

Undan nima maqsadda foydalanish ochiqlandi

1 daqiqa o‘qish19 954 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida LET Aircraft Industries konsernining LET L-410 turbovintli havo kemalarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Foto: Uzbekistan Airways

Xabarga ko‘ra, 15-iyun kuni Uzbekistan Airways bosh ofisida kichik guruh yo‘lovchilarini tashish uchun ichki yo‘nalishlarda reyslar sonini ko‘paytirish, shuningdek, respublikada ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Chexiyaning LET Aircraft Industries konsernining LET L-410 turbovintli havo kemalarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Ushbu havo kemalarini qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklarida qo‘llash va respublika ichidagi Zarafshon va Shahrisabz, Andijon shaharlari kabi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar