Toshkent viloyatida joylashgan Chimyon tog‘ida adashib qolgan ayol qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 16-iyun kuni soat 11:40 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo‘stonliq tumanidagi “Katta Chimyon” tog‘iga bir nafar fuqaro dam olish maqsadida chiqib, yo‘ldan adashib qolgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan. Tezkor olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida fuqaro “Katta Chimyon” tog‘ining dengiz sathidan 2 800 metr balandligidan topilgan va sog‘-salomat pastga olib tushilgan.
Izoh (0)