Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda tabiiy ofatlarning oldini olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi to‘g‘risida kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmanov Yaponinyaning Nippon Investment Operating Corporation (NIOC) kompaniyasi rahbari Nabi Mamajan, uning hamkori, Muroosystems Corporation bosh ijrochi direktori Pan Jongsin bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda tabiiy ofatlarning oldini olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Shu bois, yapon tomoni yaqin kunlarda O‘zbekistonga tashrif buyurib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan dastlabki pilot loyiha bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini maʼlum qildi.
Izoh (0)