• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshi tumanida 37 gektar maydondagi tayyor g‘alla o‘rilmay, uvol bo‘lmoqda. Hokimlik fermerlarni, OAVni ayblash bilan ovora

    Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 37 gektar maydondagi tayyor g‘alla o‘rilmay, uvol qilinmoqda. Fermerlar chaqiruvi bilan hududga borgan kombaynlar tuman hokimi topshirig‘iga ko‘ra, ortga qaytarilayotgani, fermerlarga esa yaroqsiz, g‘allani uvol qiluvchi kombaynlar yuborilayotgani xabar qilingandi.

    “Daryo” mazkur holatga to‘xtalib, tuman hokimi qahriga uchragani aytilayotgan ikkita — “SHDS zamin ravnaqi” va “Parizoda Ro‘ziqulova” fermer xo‘jaligiga qarashli 37 gektar maydondagi g‘alla o‘rib olinmagani, bu g‘allani o‘rishga kirishgan kombaynlarga hokim taqiqi qo‘yilganini ochiqlagandi. Mazkur holat bo‘yicha munosabat bergan hokimlik fermerlar iddaosini rad etib, hududda haqiqatdan ham shu ikki fermerga qarashli g‘alla o‘rilmay qolganini tan olgandi.

    “Bu masalada hech qanday muammo yo‘q. Fermerlarga bunday taqiq qo‘yilmagan. Charog‘il hududidagi mavjud 54 ta fermerning g‘alla maydoni navbati bilan o‘rilmoqda. Shu kecha kunduzgacha 50 ta fermer g‘allasi o‘rilgan bo‘lsa, kecha kechasi qolgan to‘rtta fermerlardan birining g‘allasi o‘rilgan. Ayni paytda esa (12 iyun kuni, soat 15:30 lar atrofi — tahr.) o‘sha to‘rtta fermer xo‘jaligidan yana birining dalasi o‘rilmoqda. Sizga shikoyat qilgan ikkita fermer xo‘jaligining g‘allasi esa bugun kechki payt o‘rib olinadi, — degandi hokimlik axborot xizmati rahbari To‘lqin Turdiyev.

    Fermerlarning bugun yana tahririyatga takroriy murojaat qilishiga qaraganda hokimlik vaʼdasining ustidan chiqmagan.

    Kecha bu holat bo‘yicha Siz surishtira boshlaganingizdan so‘ng, kechki payt dalamizga g‘allani o‘rsa, uvol qilib o‘radigan eski kombaynlardan ikkitasini olib kelishdi. Shaxsan men atrofimdagi fermerlar g‘allasini o‘rgan, g‘allani o‘rayotganda uvol qilmaydigan, yaxshi kombayn so‘radim. Shu sabab eski kombaynlar xizmatidan foydalanishni rad etdim. Buni kecha o‘sha paytning o‘zida Siz orqali jamoatchilikka ham maʼlum qilgandik. Hokimlik bugun kombaynlar yuborilgandi, fermer yerini o‘rdirishni istamadi deya bizni ayblashga o‘tibdi. Men ham tayyor g‘allam uvol bo‘lmay o‘rilishidan manfaatdorman-ku, nega tayyor kombayn g‘allamni uvol qilmay, toza o‘rsa, uni rad etayin? Mantiq qani bu yerda?, — deydi g‘allasi uvol bo‘layotgan fermer Bekzod Farmonov.

    Fermerning aytishicha, ayni paytda ham g‘allasi o‘rilmay, shu holatda turibdi.

    2023-yil davlatimizning g‘alla xirmoniga hissa qo‘shish uchun 20 gektar yerga g‘alla ekkanman. ‘Qarshi agro don’ bilan shartnoma qilingan bo‘lishiga qaramasdan hech qanday urug‘ va dori berilmasa-da, g‘allani o‘z vaqtida ekdim, sug‘ordim va doriladim. Maqsad yaxshi hosil olish edi. Aybim, paxta yetishtirishda tumandagi klaster bilan emas, viloyat miqyosida faoliyat yurituvchi klaster bilan shartnoma qilib qo‘yganim bo‘lyapti. Bu hokimga yoqmagani uchun tazyiqqa uchrab kelyapmiz, — deydi g‘allasi uvol bo‘layotgan fermer.

    Bekzod Farmonovning aytishicha, Qarshi tumanida ularning g‘allasidan boshqa o‘rilmagan g‘alla maydoni qolmagan.

    Nafaqat Charog‘il hududida, Qarshi tumanida o‘rilmagan g‘alla qolmadi. Lekin men va yonimdagi fermer xo‘jaligi boshqa paxtachilik klasteri bilan hamkorlik qilganimiz uchun hokimning qora ro‘yxatiga tushganmiz. Va g‘allamiz o‘rilmay, uvol qilinmoqda. Ayni paytda g‘allamizni o‘t bosib ketdi. Doni to‘kilib ketmoqda. Tuman hokimi bizning yerimizga kelgan kombaynlarni haydab yubordi. Buni olib chiqishdan maqsad g‘allamizning uvol bo‘lishidan qiynalyapmiz. Shu sabab hukumatimiz rahbarlaridan, tegishli tashkilot rahbarlaridan yordam so‘raymiz, — deydi fermer Bekzod Farmonov.

    Qarshi tumani hokimligi fermerlar muammosiga eʼtibor qaratar ekan, “Daryo”da eʼlon qilingan maqoladagi holat haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirgan.

    Aslida 3-otryad rahbari boshchiligida 11-iyun kuni soat 20:10 larda ‘SHDS zamin ravnaqi’ fermer xo‘jaligi dala maydoniga ikki dona yuqori unumli ‘CLASS-260’ va bir dona ‘CASE-4088’ kombaynlari o‘rimga tushgan. O‘rim jarayonida fermer xo‘jaligi rahbari g‘alla maydonlariga nam tushganligini ro‘kach qilib, soat 23:22 da o‘rimni to‘xtatgan va dala maydonlaridan kombaynlarni birma-bir nazoratdan o‘tkazib, g‘alla maydonidan chiqarib yuborgan. Shundan so‘ng, 3-otryad soat 00:00 da ‘Zarinabegim Safarova’ fermer xo‘jaligi dala maydonlarida ish boshlagan. Kombaynlar 03:50 gacha dala maydonlarini o‘rib, yakunlagan hamda navbati bilan boshqa fermer xo‘jaligi dalasida ish boshlagan. ‘Parizoda Ro‘ziqulova’ fermer xo‘jaligi dala maydonlariga 12-iyun kuni 16:45 larda 1-otryad rahbari boshchiligida yuqori unumli 3 dona ‘CASE’ kombaynlari o‘rimga tushirish uchun borilganda, fermer xo‘jaligi tomonidan rozilik berilmadi, — deyiladi hokimlik munosabatida.

    Hokimlik rasmiy munosabatida shuningdek, g‘alla mavsumi uyushqoqlik bilan davom etayotgan tumanda bu kabi holat munosib emasligi, hozirda fermer xo‘jaliklari bilan kelib chiqqan holat muhokama qilinib, nazoratga olinganini bildirgan.

    Bu holat shundayligicha qolib ketgan. Hech kim bizning g‘allamiz taqdiri bilan qiziqmayapti. Endi xususiy kombayn egalariga iltimos qilib, pulini berib, g‘allamizni o‘rdirib olishimiz kerak. Boshqa imkonimiz yo‘q, — deydi fermerlar.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    13.06.2023, 20:03   Izoh (1)   9744
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 1696511989@telegram.org / 14.06.2023, 04:52

      Кашкадаре, бу бошка даре

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirishda Xitoy tajribasidan foydalanadi

    13.06.2023, 19:22

    Qiziltepa tumani hokimi bir qator bizneslar egasi ekani aniqlandi. Bu qonun bilan taqiqlangan 

    13.06.2023, 19:04

    Buxoroda talaba ijarada yashagan uyi — 6-qavatdan o‘zini tashlab, voqea joyida vafot etdi

    13.06.2023, 18:19

    Buxoroda mahalladoshining behayo videolarini tarqatishini aytib, undan pul talab qilgan yigit ushlandi 

    13.06.2023, 17:25

    Qozog‘istondan O‘zbekistonga go‘sht eksporti 134 baravar oshdi

    13.06.2023, 17:21

    Surxondaryo viloyati hokimi senator bo‘ldi

    13.06.2023, 17:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.