Buxoroda Osiyo Xalqaro universiteti talabasi ijarada yashagan uyining 6-qavatdan o‘zini tashlab, voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Buxorodagi Osiyo Xalqaro universiteti talabasi ijarada yashagan uyining 6-qavatdan o‘zini tashlab, voqea joyida vafot etgani holati yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Marhumning o‘limi bo‘yicha sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Shuningdek, marhumning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lgan taxminlar ishlab chiqilib, tekshirilmoqda.
Izoh (0)