Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 22,67 so‘mga ko‘tarilib, 11 465,09 so‘mni tashkil qildi. Yevro 48,53 so‘mga oshib, 12 389,18 so‘m bo‘ldi. Rubl 2,05 so‘mga tushib, 136,80 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi uch kunlik pastlashdan keyin ko‘tarilib, 11 442,42 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham oshgandi.
Izoh (0)