Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuvda iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirib, “korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” klaster tizimini faol qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
“Kelgusi yetti yilda amaliy tadqiqotlarga davlat tomonidan 4 trillion so‘m, tarmoqlar va xususiy sektor tomonidan ham yana shuncha mablag‘ yo‘naltiriladi. Shuningdek, Innovasiya jamg‘armasiga 5 trillion so‘m ajratilib, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi”, — dedi nomzod.
Shavkat Mirziyoyev til va adabiyot, tarix, arxeologiya, madaniyat kabi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida ilmiy-tadqiqot dasturlari qabul qilinishini ta’kidladi.
“Ushbu maqsadlarga kelgusi yetti yilda 2 trillion so‘m ajratiladi. Kelgusi yillarda ilmiy tashkilot xodimlarining ish haqi 2 barobar oshiriladi”, – dedi nomzod.
Izoh (0)