O‘zbekistonda pul birligining denominatsiya qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank buni rad etdi.
Tarmoqda taralgan xabarlarda pul birligining denominatsiya qilinishi, ya’ni 1:10 000 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishi hamda eski va yangi pul belgilari 2025-yilgacha parallel ravishda muomalada bo‘lishi aytilgandi.
Markaziy bankning bildirishicha, ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas.
“Bugungi kunda pul birligini denominatsiya qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Markaziy banki tomonidan ko‘zda tutilmagan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)