Ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusda kamida 970 nafar falastinlik Isroil sudlariga berilgan da’volar tufayli majburan ko‘chirilish tahdidi ostida. Bu haqda BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrikka tayanib, Anadolu xabar berdi.
Dyujarrik BMTning bosib olingan Falastin hududlari bo‘yicha gumanitar yordam koordinatori Lin Xastings yaqinda 1954-yildan beri yashab kelayotgan uylaridan majburan ko‘chirilishi kutilayotgan ikki falastinlikni borib ko‘rganini aytdi.
Xastings “Sharqiy Quddusda kamida 970 nafar falastinlik, jumladan, 424 nafar bola majburan ko‘chirilish xavfi ostida”ligini ta’kidlagan.
BMT koordinatori xalqaro huquq normalariga zid bo‘lgan bu amaliyotni to‘xtatishga chaqirmoqda. Tashkilotning mustaqil ekspertlari uzoq vaqtdan beri xalqaro hamjamiyatni Isroilning Sharqiy Quddusda qo‘llayotgan “majburiy ko‘chirish” amaliyotiga chek qo‘yish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirib keladi.
Izoh (0)