Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining sovrinli o‘rinlari uchun kechgan bahslar 11-iyundan 12-iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi.
Finalda Urugvay va Italiya yoshlari o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan gol 86-daqiqada urugvayliklar vakili Lusiano Rodriges tomonidan urildi.
Shu tariqa Urugvay yoshlar o‘rtasida jahon chempioniga aylandi.
Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Janubiy Koreya yoshlari Isroilga yutqazib qo‘ydi.
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Argentinada o‘tgan musobaqaning guruh bosqichida 2-o‘rinni egalladi. Dastlab mezbonlarga qarshi o‘yinda mag‘lubiyat qayd etildi (1:2), keyingi turdagi Yangi Zelandiya bilan o‘yin jangovar durang bilan tugadi (2:2). So‘nggi turda Gvatemala yoshlari mag‘lub etildi (2:0).
1/8 finalda Ravshan Haydarov shogirdlari Isroilga yutqazib (0:1), musobaqa bilan xayrlashgandi.
U-20 JCH—2023
Final
Urugvay – Italiya 1:0
Gol: 1:0 – 86 Rodriges.
3-o‘rin uchun bahs
Isroil – Janubiy Koreya 3:1
Gollar: 1:0 – 19 Binyamin, 1:1 – 24, penalti Li Sun Von, 2:1 – 76 Omer, 3:1 – 85 Halayli.
Izoh (0)