MAGATE bosh direktori Rafael Grossi Ukrainaga jo‘nab ketdi va u yerda prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Bu haqda Grossi Twitter’da ma’lum qildi. Shuningdek, u Zaporojye atom elektr stansiyasiga tashrif buyuradi.
“Men Kaxovkadagi favqulodda vaziyatdan keyin halokatli suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda yordam dasturini taqdim etaman”, — dedi MAGATE rahbari. U, shuningdek, atom elektr stansiyasidagi vaziyatni baholaydi va u yerda qo‘llab-quvvatlash va yordam berish agentligining missiyasini almashtiradi.
Rafael Grossining tashrifi haqida kecha, 11-iyun kuni ma’lum qilingan, uning safari MAGATE tomonidan tasdiqlangan.
Xalqaro agentlik Kaxovka GESdagi favqulodda vaziyatdan keyin atom elektr stansiyasi inshootlarini sovitadigan suv omboridagi suv sathi pasayib borayotganidan xavotirda. Kecha suv sathi 11,27 m ekani aniqlandi. Taqqoslash uchun, to‘g‘on vayron bo‘lishdan oldin suv sathi 17 m ga teng edi.
Izoh (0)