O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov (2731) shaxmat bo‘yicha ChessKid Cup—2023 onlayn musobaqasidagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi.
Abdusattorov dastlabki bosqichda fransiyalik Jyul Mussarga (2644) qarshi dona surdi. Uch partiya yakuniga ko‘ra Nodirbek 2,5:0,5 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.
Yarim finalda O‘zbekiston vakiliga Fabiano Karuana (2764) raqib bo‘ladi. O‘yin 23-may kuni o‘tkaziladi.
Yarim finalning yana bir bahsi Yorden van Forest va Dmitriy Kollars o‘rtasida kechadi.
Chorak final natijalari bilan tanishing:
- Hikaru Nakamura (Yaponiya) — Yorden van Forest (Niderlandiya) 1,5:2,5
- Alireza Firuzja (Fransiya) — Dmitriy Kollars (Germaniya) 2:3
- Fabiano Karuana (AQSH) — Aleksandr Shimanov (FIDE) 2,5:0,5
- Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) — Jyul Mussar (Fransiya) 2,5:0,5
Chorak finalda yengilgan shaxmatchilar yutqazganlar bosqichiga yo‘l oldi:
- Hikaru Nakamura — Alireza Firuzja
- Aleksandr Shimanov — Jyul Mussar
Mazkur juftlikda g‘alaba qozonganlar yarim finalda yutqazgan shaxmatchilar bilan o‘ynaydi va grand finalda qatnashish imkoniyatini yo‘qotmaydi.
Izoh (0)