O‘zbekiston aholisida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, fuqarolarning 80 foizi ish haqi kechiktirilshiga duch kelmagani aniqlandi.
So‘rovnoma 2023-yilning 16-aprelidan 7-mayiga qadar Headhunter saytida o‘tkazilgan bo‘lib unda 756 kishi ishtirok etgan.
O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, fuqarolarning aksariyati (81 foizi) ish haqi kechiktirilishiga duch kelmagan. Shu bilan birga, ayrim kasbiy sohalarda ish haqi kechiktirilgan respondentlarning ulushi o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli darajada yuqori bo‘lgan.
Xususan, san’at, ko‘ngilochar sohalar, mass-mediada bunday holatlar — 36 foizni, sport klublari, fitnes, go‘zallik salonlari sohasida — 33 foizni, turizm, mehmonxona, restoran sohasida — 29 foizni, qurilish, ko‘chmas mulk sohasida — 24 foizni tashkil etgan. Davlat xizmatchilari, IT-mutaxassislari bunday holatlarga nisbatan kamroq uchragan (5-7 foiz).
Ish haqi dinamikasiga kelsa, respondentlarning uchdan bir qismi (31 foizi) 2022-yil boshiga nisbatan ish haqi oshganini, 50 foizi esa o‘zgarishsiz qolganini bildirgan. Har beshinchi respondent (19 foiz) oylik daromadi pasayganini qayd etgan.
Izoh (0)