Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha 2023-yilgi Jahon chempionatining 7-kungi bahslari 7-may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
-51 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Hasanboy Do‘stmatov nimchorak finalda Marokash vakili Said Mortajiga qarshi ringga ko‘tarildi. Unda Do‘stmatov ustunlik qayd etdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Hasanboy saralash bosqichida Meksika vakili Alberto Ximenesdan ustun kelgandi.
Super og‘ir (+92 kg) vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov esa avstraliyalik Teremoana Teremoana bilan jang qildi.
Birinchi raundda teng kurash kechdi, Jalolov aniq zarbalar yo‘llashda yaxshiroq harakat qildi. Ikkinchi raundda esa Bahodir raqibiga imkon qoldirmadi: hakam ikki bor hisobni ochdi, uchinchisida esa jangni to‘xtatib, o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasini qayd etdi.
Jalolov avvalgi bosqichda bahraynlik Danis Latipovni mag‘lub etgandi.
Shu tariqa Do‘stmatov va Jalolov musobaqaning chorak finaliga yo‘l oldi. Avvalroq Abdumalik Halokov va A’loxon Abdullayev o‘z janglarini g‘alaba bilan yakunlagandi.
Izoh (0)