Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 7-may kungi bahslarida to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazadi.
Kunduzgi dasturda Abdumalik Halokov va A’loxon Abdullayev jang qiladi. Hasanboy Do‘stmatov hamda Bahodir Jalolov ishtirokidagi janglar kechki dasturdan o‘rin olgan.
-57 kg: Abdumalik Halokov — Charli Senior (Avstraliya), (B ring, 15:10 dan so‘ng)
-75 kg: A’loxon Abdullayev — Mengyang Jao (Xitoy), (A ring, 16:20 dan so‘ng)
-51 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Said Mortaji (Marokash), (A ring, 18:40 dan so‘ng)
+92 kg: Bahodir Jalolov — Teremoana Teremoana (Avstraliya), (B ring, 19:55 dan so‘ng).
Janglarni quyidagi havolalar orqali IBA’ning rasmiy saytida jonli tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
A ring — jonli efirga havola
B ring — jonli efirga havola
1—10-may kunlari janglar o‘tkazilayotgan “Humo Arena”ga kirish bepul bo‘lishi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)