Ilhom Abdug‘afurov transport vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar u O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Ilhomjon Abdug‘afurov 1973-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Oliy ma’lumotli.
1995-yilda Toshkent davlat universitetini, 2000-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Kibernetika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — amaliy matematika. Shuningdek, u texnika fanlari nomzodi.
Izoh (0)