Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga ko‘tarilib, 11 420,01 so‘mni tashkil qildi. Yevro 29,18 so‘mga oshib, 12 565,44 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,99 so‘mga ko‘tarilib, 142,51 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 11 408,01 so‘mni tashkil qilgandi. Rubl ham ko‘tarilib, yevro pastlagandi.
Izoh (0)