Olmaota viloyati politsiya departamentining sobiq boshlig‘i Serik Kudebayevga nisbatan 10 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Bu haqda KazTag agentligiga tayanib, “Daryo”ning Qozog‘istondagi muxbiri xabar berdi.
2022-yil yanvar voqealari bo‘yicha ayblanuvchi qochoq general Kudebayev Istanbulda qo‘lga olinib, Qozog‘istonga olib kelingan. Keyinroq Bosh prokuror Berik Asilov Kudebayevning hibsga olinganini rasman tasdiqlagan. U vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgandi.
Bugun Kudebayevning yaqinlari u o‘z ixtiyori bilan rasmiylarga taslim bo‘lganini aytgan, biroq Bosh prokuratura bu xabarni rad etib, qo‘lga olingan shaxs Turkiyada yashash uchun ruxsatnomaga hujjat topshirganini bildirgan. Kudebayev sudda so‘nggi so‘zini aytib, o‘zining aybsizligini e’lon qilgan.
27-aprel kuni Senat vitse-spikeri Jakip Asanov Qozog‘istondan qochish Serik Kudebayevning jinoiy ish bo‘yicha javobgarligini og‘irlashtirishini aytgan.
Izoh (0)