O‘zbekiston boks terma jamoasining 2023-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi e’lon qilindi. -48 kg vazn toifasida ishtirok etishi kutilgan Nodirjon Mirzaahmedov musobaqada qatnashadigan tarkibdan joy olmadi.
Mirzaahmedov “Daryo” suhbatida bo‘ldi va Jahon chempionatidan oldin bo‘lgan tushunarsiz holatlar haqida gapirdi.
O‘z vazn toifasida O‘zbekistonning amaldagi chempioni Mirzaahmedovning qayd etishishicha, avvaliga u Jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibda bo‘lgan va musobaqa oldidan raqobatchisiga qarshi kechgan barcha sparring janglarni yutgan, biroq yakunda murabbiy va rahbarlarning qarori boshqacha bo‘lgan.
Quyidagi videoda intervyuni to‘liq tomosha qiling:
Izoh (0)