Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin va “Edulink Global” prezidenti Chungrim Xan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan “S-board” dasturini amalga oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv doirasida Chungrim Xan Koreya tomoni Maktabgacha ta’lim agentligi bilan O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimiga yangi ilg‘or innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarni joriy etishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga intilayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish va O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi va Koreyaning “Edulink Global” ta’lim kompaniyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum bandlarini amalga oshirishni jadallashtirish zarurligi to‘g‘risida kelishuvga erishdi.
Izoh (0)